Pokistondagi yong‘in qurbonlari 14 kishiga yetdi
17 yanvar, shanbaga o‘tar kechasi Pokiston janubidagi Karachi shahri savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 14 kishiga yetdi, 70 dan ziyod insonning taqdiri hamon noma’lum.
“Dawn” gazetasi yozishicha, Sind muzofoti gubernatori Komron Tessori voqeani milliy fojia, deb atagan. Bir homilador ayol yongan bino ichida qolib ketgani taxmin qilinyapti. Yong‘in sababi hali aniqlangani yo‘q.
G.Sattorova, O‘zA