Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistondagi temir yo‘l halokati qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, 80 ga yaqin kishi jarohat oldi
12:31 / 2023-08-07

Kecha Pokiston janubi-sharqida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi.

Turkiyaning «Anadolu»  axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yana kamida 80 kishi jarohat olgan.  

Pokistonning Sind provinsiyasi, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda. Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat e’lon qilingan. Ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati to‘xtatildi.  

Poyezd halokati sabablari hozircha noma’lum.  

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor, deyiladi xabarda.  

O‘zbekiston elchixonasidan  olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistondagi temir yo‘l halokati oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yo‘q. Vaziyat diplomatlarimiz nazorati ostida.  

 

O‘zA