Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistondagi masjidda portlash: kamida 30 kishi halok bo‘lgan
18:54 / 2026-02-06

Pokiston poytaxti Islomobod hududidagi masjidda juma namozi payti sodir bo‘lgan portlashda kamida 30 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan. Bu haqda VVS yozdi.

Fojiadan so‘ng shahar shifoxonalarida favqulodda holat e’lon qilindi. Tuman ma’muriyati vakili ijtimoiy tarmoqda jarohat olganlar 169 nafarga yetganini aytgan.

Hozircha hodisa sababi noma’lum. Dastlabki taxminga ko‘ra, portlash xudkush tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Bosh vazir Shahboz Sharif voqeani qoralab, chuqur qayg‘u izhor qilgan.

Islomobod komissari o‘rinbosari Irfon Mehmon va mahalliy politsiya ma’muriyati qurbonlar soni ortishi ehtimolini tasdiqlagan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA