Pokistonda xudkush hujumi natijasida 11 kishi qurbon bo‘ldi
Pokistonning Belujiston muzofotida xudkush-terrorchi siyosiy miting chog‘ida o‘zini portlatib yubordi. Natijada 11 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi yaralandi. Bu haqda “Frans Press” mahalliy rasmiylarga tayanib yozgan.
Hodisa seshanba kuni kechqurun Kvetta viloyati markazidagi Belujiston milliy partiyasining yuzlab a’zolari yig‘ilgan stadion hududida, avtomobillar to‘xtash joyida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 yanvardan buyon qurolli guruhlar tomonidan Belujiston va qo‘shni Xaybar-Paxtunxva muzofotida zo‘ravonlik tufayli 430 dan ziyod odam, asosan xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘lgan.
S.Rahimov, O‘zA