English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda uyushtirilgan qo‘poruvchilikda ikki nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi.
17:12 / 2024-10-07

Xitoyning Pokistondagi elchixonasi bayonot berishicha, Karachi shahrida amalga oshirilgan terror harakati natijasida Xitoy fuqarolaridan ikki nafari halok bo‘lgan, yana bir inson jarohat olgan.

Portlash Jinna xalqaro aeroporti yaqinida uyushtirilgani aytilmoqda.

Yakshanba oqshomi Xitoyning “Port Qasim Electric Power Company” energetika kompaniyasi xodimlari ketayotgan mashinalar karvoniga hujum qilingan.

Xabarda ta’kidlanishicha, elchixona va konsullik halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, mudhish qo‘poruvchilikni keskin qoralagan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yonilg‘i tashuvchi avtomobil portlatilgan. Natijada yaqin atrofdagi mashinalar yona boshlagan. Hukumat taxminicha, qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushirilgan.