Pokistonning tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha milliy boshqarmasi ushbu raqamni ma’lum qildi.
Boshqarma tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 14 iyundan boshlangan mavsumiy musson yomg‘irlari hamda suv toshqinlari oqibatida 1 ming 33 kishi halok bo‘lgan, 1 ming 527 kishi jarohat olgan. So‘nggi bir-ikki kunda 119 kishi toshqin qurboniga aylangan, 71 kishi jarohat olgan.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, uzoq davom etgan jala oqibatida daryolar qirg‘og‘idan chiqib ketgan va 3 ming 451,5 kilometr yo‘l, 149 ta ko‘prikni yuvib ketgan. 949,8 mingta uy suv toshqinidan vayron bo‘lgan 719,5 mingdan ziyod uy hayvonlari nobud bo‘lgan.
So‘nggi hisob-kitoblarga qaraganda, bu yilgi tabiiy ofatdan 33 milliondan ziyod kishi jabr ko‘rgan.
Avvalroq Pokiston hukumati mamlakatda favqulodda holat e’lon qilgan edi va boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarni yordam berishga chaqirgandi.