Pokistonda suv toshqinlari oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi
Pokistonda uzoq davom etgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 104 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi jarohat oldi, deb yozmoqda “Sinxua” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 24 soat ichida yomg‘ir bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda olti kishi halok bo‘lgan va 15 kishi jiddiy jarohatlangan.

Rasmiylar aholini yaqin kunlarda ko‘proq yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirib, past va zaif hududlarda ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Ayni paytda voqeadan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
S.Rahimov, O‘zA