Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda suv toshqini qurbonlari mingdan oshib ketdi
11:55 / 2022-08-31

Pokistonda suv toshqinlari hozirgacha 1 ming 100 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 1 ming 600 dan ziyod kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Asim Iftixor brifingda qayd etib o‘tdi.

"Ofat ko‘lamini tasavvur qilishingiz uchun quyidagi raqamlarni keltiraman, dedi u. Toshqinlar 33 million kishi hayotiga ta’sir qildi. 1 ming 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, ular orasida ayollar va bolalar bor. 1 ming 600 dan ziyod odam turli darajada jarohat olgan. 1 milliondan ortiq uylar butunlay yoki qisman vayronaga aylangan. 700 boshdan ortiq qoramol nobud bo‘lgan", – dedi u videoaloqa orqali chiqish qilib.

O‘tgan haftada Pokiston hukumati suv toshqinlari tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga yordam so‘rab murojaat qildi.

Pokistonda joriy yil yozgi mussan yomg‘irlari mavsumi ko‘lami va xalq xo‘jaligiga keltirgan zarari bilan so‘nggi 30 yildagi eng dahshatlisi bo‘ldi, deyiladi xabarda.