Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda sobiq Bosh vazir hibsga olindi
10:10 / 2023-05-10

Pokistonning sobiq bosh vaziri va muxolifatdagi "Adolat harakati" (PTI) yetakchisi Imron Xon bugun Islomobodda hibsga olindi. Mahalliy matbuot yozishicha, siyosatchi sud majlisida ishtirok etish uchun Lahordan poytaxtga kelgan edi.

Taniqli siyosatchining hibsga olinishiga rasmiy sabab hozircha ko‘rsatilmadi. "Adolat harakati" partiyasi yetakchilaridan biri Musarrat Chima ijtimoiy tarmoqda siyosatchi kaltaklangani va qiynoqqa solingani haqida yozgan.

Imron Xon mazkur Islom Respublikasi razvedkasi rahbarlaridan birini 2022 yil 3 noyabr kuni Vazirobod viloyatida o‘z hayotiga suiqasd uyushtirishda ayblagan.

O‘tgan yil avgust oyida Imron Xon ham terrorda ayblangan. Terrorchilikka qarshi kurash qonunining 7-moddasiga asosan, politsiya va sud idoralariga tahdid bo‘yicha ish ochilgan. Advokat Faysal Choudarining aytishicha, siyosatchiga nisbatan jami 90 dan ziyod jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘zA