Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda sel 7 kishining umriga zomin bo‘ldi
07:36 / 2022-01-24

Pokiston shimoli-g‘arbida, Xayber-Paxtunxva provinsiyasida kuchli yog‘ingarchilik ortidan hosil bo‘lgan sel natijasida kamida yetti inson halok bo‘ldi, 16 kishi jabrlandi. Bu xabarni “Sinxua» agentligi hududdagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasiga tayanib tarqatgan.

Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa qurbonlari orasida vayron bo‘lgan uy, qulagan tom ostida qolgan ayollar, bolalar bor. 20 ga yaqin bino butunlay yaroqsiz holga kelgan yoki qisman zararlangan.
Qutqaruv ishlari hali davom etyapti. Hukumat ko‘chki, oqim tufayli berkilib qolgan bir qancha yo‘llarni ham tozalamoqda.