Pokistonda qurolli hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning Belujiston provinsiyasida noma’lum shaxslar tomonidan yo‘lovchi avtobusiga qurolli hujum uyushtirilgan.
Pokistonning Belujiston provinsiyasida noma’lum shaxslar tomonidan yo‘lovchi avtobusiga qurolli hujum uyushtirilgan. Geo TV telekanalining xabar berishicha, hodisada 14 kishi halok bo‘lgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli hujum Karachi va Gvadar shaharlarini bog‘lovchi Makrana shossesida yuz bergan. Qurollangan kishilar guruhi avtobusni to‘xtatib, yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshiradi. Shundan so‘ng yo‘lovchilar otib tashlanadi.
Xabarda halok bo‘lganlar jasadi Ormar shahri kasalxonasiga yetkazilgani aytiladi.