Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi (+video)
12:49 / 2025-03-18

2024 yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi. Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 2 milliardgacha yetkazish maqsad qilingan. Qishloq xo‘jaligi sohasi xalqaro savdo aylanmasida ana shunday istiqbolli tarmoqlardan. Pokistonda o‘tkazilgan “Food Fest Uzbekistan – 2025” bunga yorqin misoldir.

E’tiborlisi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tashabbusi bilan mamlakatimizning Pokistondagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rgazmaning rasmiy ochilishidan 1 soat o‘tmay mahsulotlar deyarli sotib bo‘lindi.

O‘zbekistonda yetishtirilgan va qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi Islomobodning eng yirik savdo markazida tashkillashtirildi. Unda Pokiston Savdo-sanoat palatasi, 30dan ortiq elchixona vakillari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

3 kun davomida 25 nafardan ziyod mahalliy tadbirkor o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Ko‘rgazma doirasida Pokiston Islom Respublikasining Ravalpindi Savdo-sanoat palatasida uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston mahsulotlari eksporti hajmini oshirish masalalari muhokama etildi.  Uchrashuv yakunlari bo‘yicha eksport kelishuvlari imzolandi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi – bu nafaqat o‘zaro savdoni oshirish uchun asos, balki ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan ko‘prik hamdir. 

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/r6m2HE5gk9Y" title="Pokistonda O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA