Pokistonda otishma yuz berdi
Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xayber Paxtunva shtatida noma’lum qurolli shaxslar politsiya mashinasiga qarata o‘t ochishi oqibatida besh nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda xavfsizlik kuchlari voqea joyini o‘rab olgan va terrorizmga qarshi amaliyot o‘tkazmoqda. Ba’zi manbalar yozishicha, qurolli shaxslar politsiya mashinasini yoqib yuborishgan va keyin qochib ketishgan.

Mamlakat bosh vaziriShahboz Sharif ushbu hujumni keskin qoralab, halok bo‘lgan zobitlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi.
S.Rahimov, O‘zA