Pokistonda kuchli musson 45 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Pokistonda so‘nggi bir necha kun yoqqan kuchli musson yomg‘iri aholi uchun falokatga aylandi. Natijada kamida 45 kishi tabiiy ofat qurboniga aylandi.
Mahalliy “Geo” telekanali xabar berishicha, marhumlarning ko‘pchiligi – 21 kishi Xayber-Paxtunxva muzofotida yashagan.
– Sind, Balujiston va Panjob viloyatlaridan ham o‘lim haqidagi ma’lumotlar kelib turibdi, – deyilgan axborotda. – Kuchli yomg‘ir, bo‘ron va momaqaldiroq mo‘rt inshoot, elektr uzatish tizimi, reklama taxtasi, transport vositasi va quyosh batareyalariga zarar yetkazdi. Tog‘li hududlarda yuzaga kelgan ko‘chki yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.