Pokistonda “Islom davlati”ning yuqori lavozimli vakili yo‘q qilindi
“Islom davlati”ning yuqori lavozimli vakillaridan biri Mumtoz Ahmad Pokistonning janubi-g‘arbida Belujiston viloyatida yo‘q qilindi, deb ma’lum qildi mahalliy terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi.
Uni mamlakatning xavfsizlik kuchlari xodimlari Mastung tumanida o‘ldirishgan.
Mumtoz Ahmad 2018 yili Belujistonda saylovoldi mitingida amalga oshirilgan terrorchilikka aloqador bo‘lgan.
O‘shanda 130 kishi qurbon bo‘lgandi. Qurbonlar orasida “Belujiston Avami” partiyasi yetakchisi Navabzoda Siray Raysani ham bor edi.