English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda g‘oliblikka erishgan gandbolchilarimiz kutib olindi
17:52 / 2025-04-28

Pokistonning Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III Markaziy Osiyo bosqichida zafar quchgan O‘zbekiston terma jamoalari yurtimizga qaytib keldi.

Bugun, 28 aprel kuni poytaxt aeroportida nufuzli musobaqada Vatanimiz sharafini ulug‘lagan jamoalarimiz Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakat gandbol federatsiyasi mutaxassislari tomonidan tantanali kutib olindi. 

Aytish lozim, Pokistonda g‘oliblikka erishish barobarida Osiyo chempionati bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan gandbolchilarimiz o‘tkazilgan barcha o‘yinlarda raqiblaridan har jihatdan ustun ekanligini ko‘rsatdi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA