Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda aholi ko‘chirilyapti
14:04 / 2026-01-29

Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Xayber Paxtunxva viloyati Tiyroh tumanida aholining 80-85 foizi evakuatsiya qilingan.

“Dawn” gazetasi yozishicha, ushbu ma’lumotni rasmiylar ham tasdiqlagan.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli jarayon vaqtincha to‘xtatilib, vaziyat o‘nglangach, qayta tiklangan. Hududda qolib ketgan oilalar ikki kunlik qutqaruv amaliyotidan so‘ng Bara shahriga ko‘chirildi.

Ko‘chgan oilalar soni hali aniq emas. Taxminga ko‘ra, mo‘ljalga nisbatan taxminan 15 foiz xonadon hali evakuatsiya qilinmagan.

Vaziyatni yumshatish maqsadida Barada ro‘yxatga olish markazlari ko‘paytirildi. Kuchli qor tufayli avval belgilangan muddat uzaytirilgan.

Mahalliy hokimiyat hududda qolgan aholini havo yaxshilanguncha uylarida qolishga chaqirdi.

Ikki manzil o‘rtasidagi 110 km masofa va qalin yog‘in, shuningdek ro‘yxatga olish markazlari faoliyatidagi uzilish hududni tark etayotgan oilalar uchun vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Qolaversa, evakuatsiya to‘xtatilgani, Tirohga kirish taqiqlangani sababli, mintaqada qolganlar oziq-ovqat tanqisligiga duch kelmoqda.

Baradagi manbalar yangi kelganlarning aksari vaqtincha qarindoshlarinikiga joylashtirilgani, ba’zilar Peshovardagi uylarga joylashganini aytishdi.

Ayrim qabilalar rahbarlari, sobiq deputatlar, siyosiy partiya vakillari federal va mahalliy hokimiyatni mintaqada yangi harbiy amaliyot uchun sharoit yaratish maqsadida aholini majburan ko‘chirishda ayblamoqda.

G.Sattorova, O‘zA