Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokistonda 145 jangari yo‘q qilindi
10:59 / 2026-02-02

Pokiston xavfsizlik kuchlari Balujiston viloyatida yuz bergan keng ko‘lamli qurolli hujumlardan so‘ng boshlangan 40 soatlik to‘qnashuvda 145 nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

“Reuters” axborot agentligi yozishicha, viloyat bo‘ylab bir vaqtning o‘zida amalga oshirilgan otishma va portlashlar oqibatida qariyb 50 kishi halok bo‘lgan, ularning katta qismi tinch aholi vakillaridir.

Rasmiylarga ko‘ra, hujumchilar oddiy fuqaro qiyofasida shifoxona, maktab, bozor va banklarga bostirib kirib, tartibsiz o‘q uzgan. Mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Talal Chaudrining aytishicha, jangarilar tinch aholidan “tirik qalqon” sifatida foydalangan. Hujumlar uchun javobgarlikni Baluj ozodlik armiyasi (BLA) o‘z zimmasiga olgan.

Balujiston bosh vaziri Sarfraz Bugti hujumlar oqibatida 17 nafar huquq-tartibot xodimi va 31 nafar tinch fuqaro halok bo‘lganini qayd etdi. Harbiylar shanba kuni 92, juma kuni esa 41 jangari yo‘q qilinganini tasdiqladi.

Harbiylar shaharlar yoki muhim ob’ektlar ustidan nazorat o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmaganini aytmoqda. Rasmiylar hujumlar ortida Hindiston qo‘llovi borligini da’vo qilgan bo‘lsa, Dehli bu ayblovlarni qat’iyan rad etdi. AQSH esa hujumlarni terrorchilik harakati sifatida qoralab, Pokiston bilan birdamligini bildirdi.

Musulmon Ziyo, O‘zA