English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston va O‘zbekiston tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlik imkoniyatini o‘rganmoqda
08:52 / 2025-09-21

“Associated Press of Pakistan” (APP) axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-Kon sanoati va geologiya vazirligida Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining sanoat va ishlab chiqarish bo‘yicha maxsus yordamchisi Horun Axtar boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan kechgan uchrashuvni yoritdi.

Muloqot davomida tog‘-kon va mineral resurslar bo‘yicha sheriklik imkoniyati muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Pokistonning boy, rang-barang foydali qazilmalari va O‘zbekistonning tog‘-kon sohasidagi tajribasini hisobga olgan holda, ikki mamlakat ayni yo‘nalishda hamkorlik qilishi uchun ulkan salohiyat mavjud.

Tadbirda vazirning birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova, departament, boshqarma boshliqlari, Pokiston tomonidan hukumat delegatsiyasi ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida o‘zaro aloqalar izchil rivojlanayotgani e’tirof etilib, kon-geologiya sohasida qimmatbaho va rangli metallar, shuningdek sanoat uchun muhim minerallar yo‘nalishida qo‘shma loyihalar amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risida fikr almashildi. Amaliy jarayonni yanada jadallashtirish maqsadida muntazam ravishda vazirlar uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Shu kuni mehmonlar texnoparkka tashrif buyurib, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan turli maishiy, asosan elektron mahsulotlar ishlab chiqarilishini ko‘zdan kechirdi.

Pokistonliklar birgalikda zamonaviy gaz va elektr hisoblagich, quyosh suv isitgichi ishlab chiqarishga alohida qiziqish bildirdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA