Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston turistik ko‘llar atrofida mehmonxona qurishni taqiqladi
17:45 / 2025-07-18

Pokiston har yili o‘n minglab sayyohni jalb qiladigan mamlakat shimolidagi go‘zal ko‘llar atrofida yangi mehmonxona qurishni besh yilga taqiqlaydi, dedi hukumat agentligi vakili.

13 000 ga yaqin muzlik joylashgan Gilgit-Baltistonda mehmonxona va tartibga solinmagan majmua qurilishi nomaqbul. Ya’ni, atrof-muhit qutb mintaqasi hududiga nisbatan ko‘proq buzilishi haqida jiddiy xavotir keltirib chiqaradi.

Tabiiy go‘zalligi tufayli ajoyib sayyohlik maskaniga aylangan ushbu mintaqa qadim Ipak yo‘lidagi baland cho‘qqilari, sayyohlarni chorlaydigan olcha bog‘lari, muzliklar va muzli moviy ko‘llarga olib boruvchi avtomagistrallari bilan mashhur.
Afsuski, so‘nggi yillarda mintaqada tashqaridan kelgan kompaniyalar tomonidan qurilish ishlari jadal sur’atda olib borilishi suv va energiya resursi kamayib, chiqindi ko‘payishiga olib keldi.

Mahalliy Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi yuqori martabali xodimi Hadim Husayn shunday deydi: - Ularga mehmonxona qurish uchun ruxsat berilsa, bu joy beton o‘rmonga aylanadi. Odamlar bu yerga betonni ko‘rish emas, balki tabiiy go‘zallikdan bahramand bo‘lish uchun keladi.

O‘tgan oy bir chet ellik sayyoh ijtimoiy tarmoqda mehmonxona oqava suvini Hunza uchun toza suv manbai bo‘lgan Attobod ko‘liga to‘kayotgani aks etgan virusli video lavha joylashtirdi.

Ertasi kuni rasmiylar mehmonxonani 5000 dollardan ortiq jarimaga tortdi.

Vodiyda yashovchi siyosiy faol Asif Sahi taqiqni olqishladi:

- Biz turizm va taraqqiyot tez o‘zgarishini ko‘rdik. Mehmonxonalar barpo etilishi tabiiy ko‘llarimiz, daryolarimizni yo‘q qilmoqda.

Mehmonxona menejeri, mahalliy aholi vakili Shoh Navoz ham cheklovni olqishlab, "atrof-muhitni, tabiiy go‘zallikni muhofaza qilish har bir insonning burchi” deb hisoblashini ta’kidladi.

M.Pirmatova, O‘zA