English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
18:15 / 2021-06-21

2021 yilning 18 iyun kuni Antaliyaga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston –Pokiston munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

2021 yil 14 aprelda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Imron Xon o‘rtasidagi sammit yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy masalalar, birinchi navbatda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali iqtisodiyotini tiklashga alohida e’tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari shu yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Pokiston tomoni ishtirokining amaliy jihatlarini ko‘rib chiqishdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan ikki tomonlama kun tartibining boshqa masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.

O‘zA