Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston – O‘zbekiston hamkorligi mintaqalar taraqqiyotiga xizmat qiladi
19:02 / 2025-02-28

Markaziy Osiyo Yevropa va Osiyo chorrahasi sifatida global landshaftda alohida ahamiyat kasb etadi. Tarixan Buyuk ipak yo‘lida joylashgan, resurslarga boy bu hudud turli mintaqalar, bozorlarni bog‘laydigan muhim zanjir o‘laroq, savdo-sotiq aloqalarini ta’minlagan. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p, boy tarix, rang-barang madaniyatga ega davlat.

Pokiston va O‘zbekiston munosabati umumiy madaniy-tarixiy asosga ega. Qadimgi Ipak yo‘li shunchaki savdo yo‘li bo‘lmasdan, odamlar o‘rtasida fikr, madaniyat almashinuviga ham ko‘maklashgan. Davlatlarimizni bir-biriga bog‘lab turgan tarixiy va madaniy aloqalar mustahkam ikki tomonlama munosabatga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘tgan yillar davomida ikki mamlakat iqtisodiy hamkorlik, savdo va madaniy almashinuvga qaratilgan ko‘plab kelishuvlar orqali o‘zaro aloqani faollashtirdi. Muayyan kelishuvlar O‘zbekistonning boy resurslari bilan Pokistonning iliq suv portlariga strategik kirish imkonini beradi.

Toshkent Pokistonni Janubiy Osiyo va jahon bozoriga kirish eshigi, Pokiston esa O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim sherik sifatida biladi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Pokiston bilan ikki tomonlama tranzit va 17 banddan iborat imtiyozli savdo bitimi imzolagan ilk davlat. Bu ikki mamlakatning mintaqaviy infratuzilma loyihalariga kiritgan sarmoyasi Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘ylab iqtisodiy o‘sish istiqboli ko‘zgusidir.

Bosh vazir Shahboz Sharifning O‘zbekistonga tashrifi davomida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi. Ilm-fan, texnologiya va innovatsiya singari ko‘plab sohalarni qamrab olgan kelishuvlar, diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib, ichki ishlar vazirliklari, kasb-hunar ta’limi, yoshlar siyosati va milliy axborot agentliklari hamkorligi, shuningdek diplomatik akademiyalar, Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi bitimlar shular jumlasidan.

Davlat rahbarlari qo‘shma matbuot bayonotiida savdo va sarmoyani kengaytirishga sodiq ekanliklarini yana bir bor ta’kidladi.

Shahboz Sharif O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotini yuqori baholadi va Pokiston mintaqaviy aloqani temir yo‘l tizimi orqali mustahkamlashdan manfaatdorligini ta’kidladi. Toshkentga tashrifi doirasida Pokiston Bosh vaziri “Texnopark” majmuasida ham bo‘lib, O‘zbekistonning sanoat ishlab chiqarishi sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelishuvlarni kelgusi o‘sish uchun muhim omil, deb baholadi va o‘zaro savdo qiymatini 2 milliard dollarga yetkazish rejasini e’lon qildi. Lahor va Toshkent o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni tijoriy va iqtisodiy almashinuvni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Saud Faysal Malik, 

“The Daily Cpec” (Pokiston) nashri Bosh direktori