French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston muxolifati saylov komissiyasini sudga berdi
21:38 / 2022-10-21

Pokistonning muxolifatdagi “Adolat uchun harakat” partiyasi bosh kotibi Asad Umar “Imran Xonni saylovdan chetlatish orzusi hech qachon ro‘yobga chiqmaydi”, deb bayonot berdi.

Mazkur partiya Pokiston saylov komissiyasining sobiq bosh vazir Imran Xonni besh yilga diskvalifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorini ko‘rib chiqish uchun sudga murojaat qildi.    

"Qaror tez orada sudda ko‘rib chiqiladi, binobarin, hukmron koalitsiyaning Imran Xonni saylovdan chetlatish bo‘yicha orzusi hech qachon ro‘yobga chiqmaydi", – deb yozdi siyosatchi.  

Avvalroq Pokiston saylov komissiyasi sobiq bosh vazir va “Adolat uchun harakat” partiyasi raisi Imran Xonni kelgusi besh yil davomida respublikaning qonun chiqaruvchi hokimiyati organlariga saylanishini taqiqlab qo‘ygan edi. Ushbu qarorga Imran Xonning hokimiyat tepasida bo‘lganida daromadi to‘g‘risidagi yolg‘on deklaratsiyasi asos bo‘ldi, deyiladi xabarda.