Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston harbiy kemalari Yaqin Sharqda o‘z mamlakati savdo kemalarini qo‘riqlay boshladi
18:10 / 2026-03-10

Fors ko‘rfazidan keladigan energiya manbalariga chambarchas bog‘langan Pokiston, Yaqin Sharqda urush davom etarkan, yonilg‘ini tejash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar ko‘rilishini e’lon qildi.

9-mart kuni Pokiston dengiz floti mamlakatga mahsulot uzluksiz kirib kelishni ta’minlash uchun ushbu amaliyotni boshlaganiga urg‘u berdi.

Ko‘rfazdagi vaziyat hamda yonilg‘i ta’minoti uzilishi xavfi dunyoning boshqa mamlakatlarini ham xavotirga solmoqda. Masalan, Fransiya ham Hurmuz bo‘g‘ozidagi kemalar nazoratini rejalashtirgan. Bu haqda gapirarkan, Prezident Emmanuel Makron Parij imkon qadar tezroq konteyner kemalari va tankerlar uchun harbiy kuzatuv tashkil qilish niyatini oshkor qildi. Avvalroq u Yaqin Sharqdagi harbiy harakat to‘xtamaguncha, bunday amaliyot boshlanmasligini ta’kidlagandi.

Endi esa Makron missiya faqat mudofaa xususiyatiga ega bo‘lishi, Yevropa va qit’adan tashqaridagi davlatlarni ham qamrab olishi mumkinligini aytdi. Yetakchi qo‘shimcha qilishicha, Fransiya “qat’iy mudofaa pozitsiyasini egallaydi va Eron hujumiga uchragan mamlakatlar bilan birga mintaqaviy keskinlikni kamaytirishga intiladi”.

S.Rahimov, O‘zA