Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston harbiy delegatsiyasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi
10:31 / 2020-01-31

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga general-mayor Fidoy Husayn Malik boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi harbiy delegatsiyasi tashrif buyurdi.


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga general-mayor Fidoy Husayn Malik boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi harbiy delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.

Akademiya bo‘ylab ekskursiya davomida mehmonlar o‘qish jarayoni, kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar va akademiya muzeyini ko‘rdilar. Delegatsiya a’zolarida akademiyaning axborot-resurs markazi va Pokiston Islom Respublikasi Mudofaa vazirligiga bag‘ishlab tashkil etilgan maxsus o‘quv sinfi alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif davomida harbiy delegatsiya vakillari akademiya professor- o‘qituvchilari tarkibi ishtirokida “Davlatlar va Qurolli Kuchlar axborot xavfsizligi” mavzusida seminar mashg‘ulot o‘tkazdilar.

Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida harbiy va boshqa sohalarda mustahkam hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.