Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston G‘azoga 100 tonna oziq-ovqat yubordi
22:53 / 2025-08-25

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qamal ostidagi G‘azoda ocharchilik rasman tasdiqlangach, Pokiston sektorga 100 tonna oziq-ovqat yubordi. Bu haqda “Anadolu” xabar bergan.

Qayd etilishicha, Bosh vazir Shahboz Sharif ko‘rsatmasi bilan Lahor shahridan un, tayyor ovqat, sariyog‘, murabbo va mevadan iborat yordam to‘plami tayyorlanib, jo‘natildi. Bu mazkur Islom Respublikasi tomonidan sektorga ajratilgan 19-yordam jamlanmasi bo‘lib, jami yetkazib berilgan miqdor 1915 tonnaga yetdi.

Ayni payt harbiy harakat va gumanitar yordam oqimi jiddiy cheklanishi oqibatida hudud ocharchilik va suv, dori-darmon, tibbiy asbob-uskuna, gigiyena vositalari taqchilligi bilan tavsiflangan gumanitar falokatni boshdan kechirmoqda.

Achinarlisi, ayniqsa bolalar orasida ochlik ortidan yuz berayotgan o‘lim holati ko‘paymoqda. Mahalliy va xalqaro doiralar hujumchilar “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini ta’kidlamoqda.

15 avgust kuni e’lon qilingan hisobotda G‘azodagi ocharchilik falokat darajasi sifatida aniq dalillar bilan tasdiqlangan.
- 22 oylik shafqatsiz jangdan so‘ng sektordagi yarim milliondan ziyod odam ochlik, qashshoqlik va o‘lim bilan namoyon bo‘layotgan halokatli sharoitga duch keldi, - deyilgan hujjatda.

G.Sattorova, O‘zA