Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston Fatah-II yalpi o‘t ochish reaktiv tizimini sinovdan o‘tkazdi
11:31 / 2023-12-29

Pokiston qurolli kuchlari mamlakatda ishlab chiqarilgan Fatah-II yalpi o‘t ochish reaktiv tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi deb yozmoqda TASS axborot agentligi. Tizimning parvoz masofasi ancha uzaytirilgan.

Mamlakat mudofaa vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, Fatah-II oddiy turdagi o‘q-dorini nishonga yetkazishga mo‘ljallangan. Boshqariladigan raketalar tizimi 400 kilometr uzoqlikdagi nishonni aniq urishga qodir. 

–Pokiston prezidenti Arif Alvi, vaqtli hukumat rahbari Anvaarul - ul Haq Kakar va Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Saxir Shamshod Mirza Fatah-II tizimini yaratgan qo‘shinlar hamda mutaxassislarni sinov muvaffaqiyati bilan tabrikladi, –deyiladi xabarda. 

OAV xabarlariga ko‘ra, Fatah tizimlari Pokistonning Global Industrial & Defence Solutions (GIDS) mudofaa kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Yangi qurol Amerikaning HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) tizimiga o‘xshash ekani aytilmoqda.