Pokiston bir million afg‘onni chiqarib yuboradi
Pokiston hukumati respublikada noqonuniy yashayotgan 1,1 millionga yaqin Afg‘oniston fuqarolarini deport qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda “Geo TV” telekanali xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, deport tartibi vizasi bo‘lmagan, jumladan tegishli hujjatni cho‘zishga ruxsat ololmagan afg‘onlarga nisbatan qo‘llanadi.
Ta’kidlanishicha, ayni jarayon bo‘yicha “barcha manfatdor tomonlar va Afg‘oniston hukumati” bilan tegishli kelishuvga erishish harakati boshlangan.
O‘tgan hafta hukumat Pokistonda ruxsatsiz yashayotgan afg‘onlarga mamlakatdan chiqib ketish uchun bir oy vaqt berilganini ma’lum qilgan. Muddat kelgach, mamlakat bo‘ylab ommaviy ravishda noqonuniy migrantlarni qidirib topish va deportatsiya qilish boshlanadi, deya taxmin qilinmoqda.