English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston AQSHni Islomobodga harbiy yordam ko‘rsatishni qayta tiklashga chaqirdi
11:10 / 2023-04-28

Pokistonning Vashingtondagi elchisi Ma’sud Xon AQSH hukumatini mamlakatiga harbiy yordam ko‘rsatish va qurol sotishni qayta tiklashga chaqirdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp davrida AQSH Pokistonga harbiy yordam ko‘rsatish va qurol yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Bu haqda payshanba kuni Dawn gazetasi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“AQSH avvalgi ma’muriyat tomonidan to‘xtatib qo‘yilgan xorijiy harbiy moliyalashtirish va xorijiy harbiy sotuvni qayta tiklashi juda muhim”, – degan pokistonlik diplomat.

Xon nafaqat Pokiston bilan AQSH o‘rtasida bir vaqtlar juda yaqin bo‘lgan munosabatlarni qayta tiklash zarurligini ta’kidlagan, balki Vashington Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikni yumshatishda ham katta rolni bajarishi mumkinligini qayd etgan.

2018 yil yanvar oyida Donald Tramp ma’muriyati Pokistonga xavfsizlik sohasida ko‘rsatilayotgan barcha yordam to‘xtatilishi haqida e’lon qilgandi. O‘shanda Oq uy Pokiston mintaqadagi barcha terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashga tayyorligini namoyish qilmas ekan, harbiy yordam ko‘rsatilmasligini aytgan.