Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pokiston Afg‘oniston bilan chegara bo‘ylab jangarilar yashiringan joylarga zarba berdi
23:26 / 2026-02-22

22-fevral kuni Pokiston rasmiylari Afg‘oniston bilan chegara bo‘ylab “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” va ushbu guruh bo‘limlariga tegishli yetti qo‘nalg‘aga nisbatan “razvedka va saralangan amaliyot" o‘tkazilgani, shuningdek ISHID bo‘linmasiga hujum uyushtirilgani haqida xabar tarqatdi.

 Bu harakat Islomobod tomonidan mamlakat ichida yaqinda sodir etilgan jangari hujumlarga javob sifatida baholandi.

Afg‘oniston hukumati vakili Zabihulla Mujohid esa Pokiston Afg‘onistonning ichkarisiga zarba berganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Nangarhor va Poktika viloyatlaridagi oddiy aholi nishonga olinishi natijasida o‘nlab odam, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan, yaralangan".

S.Rahimov, O‘zA