Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Podstansiyalardagi elektr qurilmalarning 490 tasida me’yoridan ortiq qizish holati aniqlandi
17:14 / 2024-10-24

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari amalga oshirilmoqda.

Unda aniqlanishicha, 185 ta podstansiyadagi elektr qurilmalarning 490 tasida me’yoridan ortiq qizish holatlari kuzatilgan. Misol uchun, Beruniy tumanidagi 110/35/6 kVli “Shabbaz” podstansiyaning elektr qurilmalari teplovizor bilan o‘lchanganda kontaktlardagi harorati 207ºC ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich me’yoriy ko‘rsatkichdan o‘ta yuqori hisoblanadi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi 220/110 / 35/6 kVli “Qarshi” podstansiyaning elektr qurilmalari teplovizor bilan o‘lchanganda kontaktlardagi harorat me’yoridan 58ºC yuqori holatni tashkil etgan.

Ushbu aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 52 ta podstansiyadagi elektr qurilmalarning 138 tasida me’yoridan ortiq qizish holatlari bartaraf etildi.

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holatlar bo‘yicha ma’lumotnomalar rasmiylashtirilib, inspeksiya tomonidan tizim korxonalariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan va uning bajarilishi nazoratga olingan.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA