Pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari 386 nafar, 3 nafar bemor vafot etgan
SSVning xabariga ko‘ra, 2021 yil 18 avgust kuni 386 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 19586 nafarga yetdi.
Kecha ularning 375 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 12168 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 132 nafarga yetdi.
Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.