Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
PMTI tahlili: 2026 yilgacha metropoliten stansiyalari soni 74 taga yetkaziladi
12:18 / 2023-02-24

PMTI ekspertlari tahliliga ko‘ra, 2017-2022 yillar oralig‘ida mamlakatimizda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasida sezilarli o‘sish bo‘lgan. Deylik, 2017 yilda barcha transport vositalari orqali 5 679 million kishi o‘z manziliga yetkazilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich salkam 6 170,8 million kishini tashkil etdi.

2022 yilda yo‘lovchi tashishda avtomobil transportining ulushi 97,5 foizga to‘g‘ri kelgan. Agar 2017 yilda 5 591,3 million kishi manzilga yetkazilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 6 017,5 million kishini tashkil qilgan.  

Shuningdek, 2017-2022 yillarda metropolitendan foydalangan yo‘lovchilar soni 2 marotaba oshgan va 61,6 million kishidan 136,7 million kishiga yetgan.  Havo transporti vositasida tashilgan yo‘lovchilar ham mazkur davr mobaynida qariyb 2 barobar, ya’ni 2,2 million kishidan 4,1 million kishiga oshgan.  

Rejaga ko‘ra, 2026 yilgacha yo‘lovchi tashish xizmatlarini rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda aholi punktlarining jamoat transporti bilan qamrovi 95 foizga yetkaziladi. 278 ta yangi avtobus yo‘nalishini ochiladi.  

Hududlardagi 11 ta xalqaro aeroportning o‘tkazish imkoniyatini 2 barobarga, mahalliy tashuvlarda xususiy va loukoster aviakompaniyalar ulushini bosqichma-bosqich 25 foizgacha oshirish va  metropolitenning umumiy uzunligini 157 kilometr, stansiyalar sonini 74 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.  

 

O‘zA