Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Plastik kartadan pul o‘g‘irlagan noma’lum shaxs qo‘lga olindi
11:25 / 2021-10-22

Buxoro viloyati Peshku tumanida ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘g‘irlik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2 sentyabr kunidan 8 sentyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, Peshku tumani Navgaxon mahallasida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro R.O. ga tegishli bo‘lgan O‘zsanoatqurilish banki tomonidan berilgan plastik kartadan jami 11 million 378 ming 650 so‘m pul yashirin ravishda o‘g‘irlangan.

Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro I.J. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Zarif Komilov, O‘zA