Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Plastik karta shaklida yangi kadastr pasporti joriy etilmoqda. Bu ixtiyoriymi yoki majburiy?
18:24 / 2020-03-10

Xabar qilganimizdek, parlament quyi palatasida “Hukumat soati” tashkil etildi.


Xabar qilganimizdek, parlament quyi palatasida “Hukumat soati” tashkil etildi. Unda Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi tizimda kutilayotgan yangiliklar haqida ham maʼlumot berdi.

Xususan, 2020-yil 1-martdan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida plastik karta shaklda tayyorlanadigan koʻchmas mulk obyekti kadastri pasportining yangi namunasini berish yoʻlga qoʻyildi. Uning qulayligi shundaki koʻchmas mulk obyekti boʻyicha barcha maʼlumotlar ichida saqlangan boʻladi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi Abdushukur Abdullayevning qayd etishicha, mazkur loyiha qiymati 10 million AQSH dollari boʻlib, aholidan qoʻshimcha pul talab qilinmaydi. Bu jarayon ixtiyoriy amalga oshiriladi.