Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Planshetlardan foydalanib, qidiruvdagi shaxslar ushlanmoqda
16:13 / 2021-11-25

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan «Xavfsiz hudud» tezkor profilaktik tadbiri doirasida YPX inspektori tomonidan qidiruvdagi shaxslar aniqlandi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 23 noyabr kuni Zangiota tumani «Nazarbek» mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat olib borayotgan YPX inspektori Sh.Maxamatov qoidabuzarlik sodir etgan piyodani to‘xtatgan. Elektron tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, 1970 yilda tug‘ilgan Sh.N.ga nisbatan 2019 yil 1 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingani aniqlangan.

Qonunbuzar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 122-moddasida (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) belgilangan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektori S.Jumayev piyoda I.Sh.ni qoidabuzarlik sodir etgani uchun to‘xtatib, elektron tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida u ham qidiruvda ekanligini aniqladi. Tuman IIB tomonidan olib borilgan surishtiruvga ko‘ra, hududda yashovchi ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi tomonidan qidiruv e’lon qilinib, 2019 yildan buyon voyaga yetmagan bolalar uchun aliment to‘lamasdan, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurgani ma’lum bo‘ldi.

Yana bir holatda YPX inspektori M.Usmonov Yangiyo‘l shahrida xizmat olib borayotgan vaqtida qoidabuzarlik sodir etgan piyodani to‘xtatgan. Shu bo‘yicha elektron tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish davomida bu fuqaroga ham Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingani aniqlangan. Surishtiruvlarga ko‘ra, mazkur shaharda yashovchi 1968 yilda tug‘ilgan K.N. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (Fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib huquqni muhofaza qiluvchi organlardan qochib yurgani aniqlangan.

Ushlangan shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida ular hududiy IIBga olib borilgan.

 

A.Musayev, O‘zA