Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Planetariy zamonaviy, bilimga chanqoq yoshlar maskaniga aylanishi kerak
09:59 / 2023-03-04

Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahar Planetariysida bo‘lib, mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish jarayonida yoshlarimiz uchun ushbu maskanni zamon talablari darajasiga keltirish va falakiyot ilmiga qiziquvchilarni bu yerga jalb qilish choralarini ko‘rish zarurligiga alohida  e’tibor qaratdi.  

Vazir tomonidan Mirzo Ulug‘bek, Ahmad Farg‘oniy, Xorazmiy, Beruniy, Ali Qushchi kabi ilm fan daholarining yoshligi, o‘smirligi bilan bog‘liq siymosini yaratish, shu asosda 3D formatdagi ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan jarayonlarni mavjud eksponatlar qatoriga qo‘shish, shuningdek, Planetariy qoshida ilm-fan, fizika-astronomiya to‘garaklarini tashkil etish kabi takliflar ilgari surildi.

Shu bilan birga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda eng zamonaviy mobil va IT texnologiyalar bilan tillashayotgan Z (zed) avlodni bu maskanga jalb qilishga doir innovatsion loyihalar ishlab chiqish ham muhimligini ta’kidladi.  

 

O‘zA