Piyodaning oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qidirilmoqda
Sirdaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda.
Sirdaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda.
Bu haqda Sirdaryo viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 26-oktyabr kuni Mirzaobod tumani hududidagi Yangiyer –Toshkent yoʻnalishida nomaʼlum avtomashina yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Jarohat olgan fuqaro kasalxonada vafot etdi.
Ushbu voqea yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari ketmoqda.