Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Piter Odemvingiye Oʻzbekiston chempionatida oʻynaydi...mi?
19:41 / 2019-02-09

Koʻramiz, tajribali futbolchi “qaldirgʻochlar” safida toʻp teparmikan?


Bugun Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi oʻz akademiyasiga qarashli maydonda “Buxoro” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida oʻtgan oʻyinda hisob ochilmadi.

Ammo bizning diqqatimizni boshqa jihat tortdi. Mazkur uchrashuvni tomosha qilish uchun kelgan insonlar orasida oʻz vaqtida Fransiya 1-divizioni, Angliya Premyer-ligasi va Rossiya chempionatida faoliyat olib borgan nigeriyalik taniqli futbolchi Piter Odemvingiye ham borligini koʻrib qoldik.

photo5402201258250578406.jpg

Futbolchi bilan suhbatlashganimizda u shunchaki doʻstlari va yaqinlarini koʻrish uchun Oʻzbekistonga kelganini taʼkidlagan boʻlsa-da, “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Piterni superligada jamoasiga yordam berish uchun chaqirganligini yashirmadi. Koʻramiz, tajribali futbolchi “qaldirgʻochlar” safida toʻp teparmikan?

Yurtdoshlarimiz yaxshi bilsa kerak, Piter Odemvingiye 1981 yil 15 iyulda Toshkentda tugʻilgan. Futboldagi ilk saboqlarni ham aynan yurtimizda olgan. Professional faoliyati davomida Fransiyaning “Lill”, Moskvaning “Lokomotiv”, Angliyaning “Vest Bromvich”, “Kardiff Siti”, “Stok Siti” kabi jamoalari sharafini himoya qilgan. Soʻnggi yillarda u Malayziyaning “Madura Yunayted” klubi tarkibida toʻp tepib kelayotgan edi.