Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Piskentlik yoshlarning talabiga tuman hokimi nima deb javob berdi?
14:51 / 2020-01-21

Toshkent viloyati Piskent tumani yoshlarining talab va taklifiga muvofiq, “Fayziobod” fuqarolar yig‘inida kutubxona tashkil etiladi.


Toshkent viloyati Piskent tumani yoshlarining talab va taklifiga muvofiq, “Fayziobod” fuqarolar yig‘inida kutubxona tashkil etiladi. 

Tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tuman hokimi Shuhrat Ahmedov mazkur mahalla yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ularning kutubxona tashkil etish bo‘yicha murojaati ijobiy hal etilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumki, Prezidentimiz 2019 yilning 27 dekabrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashgan edi. Videoselektor tarzida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.

Jumladan, jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga qulay sharoit yaratish, yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni hal etish zarurligiga alohida e’tibor qaratilib, har bir hokim, tuman yoki viloyat hokimi bo‘lishidan qat’i nazar, sektor rahbarlari bilan birgalikda yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib olmas ekan, joylarda bu boradagi ishlarning natijasi samarali bo‘lmasligi, bu borada avvalo, “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tajribasini davom ettirib, har haftaning bir kunini Yoshlar masalalarini yechish kuni, har 15 kunda ikki kunni faqat yoshlar bilan ishlash kuni etib belgilash lozimligi ta’kidlangan edi.

Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etilgan uchrashuvda mahallaning Farhod, Qashqadaryo, Do‘stlik, Nurafshon va Yangi turmush qishloqlaridan 100 nafardan ziyod yosh sportchi, san’atsevar, faol yigit-qizlar va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Tumandagi “Do‘ngqo‘rg‘on” madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan muloqotda qishloq yoshlarining faolligini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanishga imkon yaratish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish to‘g‘risida so‘z bordi.

Bu borada tuman hokimi, o‘rinbosarlari, tijorat banklari boshqaruvchilari, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbarlari, mutasaddi tashkilot va korxona mas’ullari yoshlarga ma’lumot berib, yoshlarni qiziqtirgan savol hamda murojaatlariga atroflicha javob berdi.

Uchrashuvda yoshlar asosan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kredit hamda talaba yoshlar uchun ta’lim krediti ajratish, madaniyat markazida qishloq yoshlari uchun kutubxona va o‘quv markazi tashkil etish, yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq masalalarda murojaat qildi.

Tuman hokimi Sh.Ahmedov qishloqda yoshlar kutubxonasini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratib, madaniyat markazida kutubxona tashkil etilishini ma’lum qildi. Ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kredit hamda talaba yoshlar uchun ta’lim krediti ajratish, yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq murojaati yuzasidan esa ayni yo‘nalish bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, bu borada qonunchiligimizda belgilangan talablar bo‘yicha ishtirokchilarga ma’lumot berilib, mutasaddi rahbarlarga zarur vazifalar yuklatildi.

Toshkent viloyatida viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlarining yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlari davom etmoqda.