Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Piskentda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalar sabzavotchilikka ixtisoslashmoqda
15:18 / 2021-02-22

Toshkent viloyati Piskent tumanida aholi tomorqasidan samarali foydalanish, yuqori hosil olish va o‘zini o‘zi band qilish kabi masalalarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘lim boshligi V.Latipov, viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Z.Eshnayev jamg‘arma vakili J.Umarov va 2-sektor rahbari A.Jo‘rayev, tuman hokimi maslahatchisi X.Isamuhammedov, mahalla raislari va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.  

Asosiy e’tibor “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarning talab va istaklari asosida "Tomorqa xizmati" MCHJ korxonalari tomonidan ko‘chat, parranda, quyon, asalari yetkazib berish va issiqxonalar qurish, suv ta’minoti og‘ir hududlarga artezian quduqlar qazishga qaratildi. Ushbu maqsadlar uchun Kengash huzuridagi jamg‘arma mablag‘laridan imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.

Ta’kidlanganidek, Piskent tumani bo‘yicha 2021 yilda 17 ming 952 ta xonadonning 2 ming 648 gektar tomorqa maydonidan samarali foydalanish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar belgilangan. Bu borada O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Haitov ko‘rsatmasi asosida sektorlarda “mahallabay” ishlar qizg‘in boshlandi.  

“Bekobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.Olimjonov 4 sotix issiqxonasida yiliga 3-4 marta manzarali gul yetishtiradi.  

– Issiqxonadan samarali foydalangan odam yil bo‘yi daromad oladi, – deydi H.Olimjonov.

 –Qishda to‘qsonbosti, erta bahorda eng xaridorgir gullar parvarishlanadi. Undan so‘ng bozor talabiga qarab bodring ekamiz. Har bir ekin o‘z mavsumining bozori suygan mahsuloti bo‘ladi. Shu bir parcha yerimiz ortidan o‘g‘il-qizimiz mehnatga o‘rgandi, oliy ma’lumotli bo‘lishyapti, to‘ylar qildik, ro‘zg‘orimiz but.

Tadbirda kengash tomonidan Olimjonovlar tajribasini barcha MFYlarda ommalashtirish, xususan, "Temir daftar" dagi oilalarni jalb etish haqida mas’ullarga tavsiyalar berildi. Hozir Piskent tumanida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida "Bekobod", "Birlik" MFYda uzumchilik va sabzavotchilik, "Navoiy" MFYda ko‘chatchilik, "Kultepa" MFY esa kartoshka va dukkakli ekinlarga ixtisoslashgan.

Shuningdek, tuman bo‘yicha 103 ta “Ayollar daftari”dagi xotin-qizga issiqxona qurish uchun 2 milliard 43 million so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan, amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

A.Musayev, O‘zA