Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Piskent tumanida ishsiz xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
12:34 / 2021-01-27

Toshkent viloyati Piskent tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj va ishlash istagidagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun kredit ajratish, kasb-hunar o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, tuman hokimligi tomonidan hududida yashovchi ayollar uchun “LOTUS TEKSTIL” o‘zbek-turk korxonasi va “AZALEA GARMENT” trikotaj fabrikasiga tashkil etilgan sayohatda 9 ta mahalladan 46 nafar xotin-qiz ishtirok etdi.  

Ayni paytda mazkur korxonalarda 250 nafar xotin-qiz uchun bo‘sh ish o‘rni mavjud.  

– Uy bekasiman, ilgari ishlamaganman, – deydi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Saida Tojiboyeva. – Lekin endi farzandlarim katta bo‘lishgach, ehtiyojimiz ko‘paydi. 100 dan ortiq xotin-qizlar ishlaydigan katta fabrikada men kabi ayollar ishlayotganini ko‘rib havasim keldi. Menga ma’qul bo‘lgani tikuvchilikni bilmaydigan ayollarni ham sinov muddatisiz qabul qilib, ish jarayonida chevarlikka o‘rgatar ekan. Qo‘shnilarimga ham yoqdi, birga ishlashga kelishib oldik.  

Korxonada ish jarayonlari, yaratilgan mehnat sharoiti bilan yaqindan tanishgan 10 nafar ayol shu yerning o‘zida ishlash istagini bildirdi va ular bilan mas’ullar ishtirokida mehnat shartnomalari tuzildi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy yilning yanvar oyida ishlash niyatida bo‘lgan 58 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 274 nafar ayollarni biznes kurslarda o‘qitish rejalashtirilgan.  

Ayni vaqtda Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi, “Tadbirkor ayol” hamkorligida 60 nafarining maxsus kurslarda ta’lim olishi ta’minlanmoqda.  

A. Musayev, O‘zA