Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“PISA-2025” tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlarida Xorazm viloyatidagi 6 ta maktab ishtirok etmoqda
10:09 / 2024-05-13

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizning Xalqaro “PISA-2025” tadqiqotlarida ishtiroki oldidan tajriba-sinov jarayonlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati Xiva shahridagi 3-umumta’lim maktabida tashkil etilgan  bugungi tajriba-sinovlarida mazkur maktabning 53 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.  

[gallery-17378]

Ta’kidlash kerak, xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli o‘smirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi, bir so‘z bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini baholovchi jarayon hisoblanadi.  

Mazkur tadqiqot sinov jarayonlarida viloyat bo‘yicha jami 6 ta maktab ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA