Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“PISA 2025” tadqiqotlari oldidan tajriba-sinov
14:23 / 2024-05-08

Navoiy shahridagi 1-umumta’lim maktabida xalqaro “PISA 2025” tadqiqotlariga doir tajriba-sinov jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro PISA tadqiqotlari 15 yoshli o‘smirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishini baholovchi jarayon hisoblanadi.  

So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan O‘zbekistonning 2030-yilgacha xalqaro baholash dasturlarida uzluksiz ishtirok etishi hamda mazkur baholash mezoni bo‘yicha dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

– Xalqaro PISA tadqiqotlari ana shunday muhim jarayonlardan biridir, – deydi Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Alisher O‘rozov. – PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga o‘zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo ta’lim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Bu orqali mamlakatdagi ta’lim tizimi, ta’limning tashkil etilishi, o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ota-onalarning farzandlarining ta’lim olishiga e’tibori va uyda yaratilgan sharoitlari bo‘yicha atroflicha ilmiy asoslangan ma’lumotlar olishga erishish ko‘zda tutilgan.  

Mazkur tadqiqotda Navoiy viloyatidan Navoiy shahridagi 1-, Navbahor tumanidagi 5-, 15-umumta’lim maktablari ishtirok etmoqda. 

Jarayonlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Ta’limni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.  

Hozirga qadar tadqiqotda ishtirok etayotgan maktablarning har biri 60 tadan kompyuter bilan ta’minlanib, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri