French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositasi savdosiga chek qo‘yildi
10:55 / 2024-12-21

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari, Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari hamkorligida pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqaroning noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi.

G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent-Buxoro yo‘nalishida harakatlangan qora rangli “Lacyetti” rusumli transport vositasi oldindan kuzatuvga olindi. Mazkur avtomashina tegishli tartib doirasida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yo‘lovchilardan biriga tegishli bo‘lgan selofan paketda Respublikamiz hududiga olib kirilishi va savdosi ta’qiqlangan 820 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA.