Pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya xodimlarining o‘zaro hamkorligi natijasida pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasini fosh etishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Viloyatning Shofirkon tumanida o‘tkazilgan tadbirda oldindan kuzatuvga olingan fuqaro O.S 40 blok jami 24 ming dona “Trenya” va ”Britan” yozuvli pirotexnika vositalarini pullayotgan chog‘ida tezkor guruh ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, yana bir holatda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan reydlarda ham pirotexnika vositalarining qonunga xilof ravishda tarqatilishiga chek qo‘yildi. Unda fuqaro R.N 8 blok jami 4 ming 800 dona pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA