Yangi yil bayrami kunlari turli ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lishining oldini olish uchun barchamiz mas’ulmiz.
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi oqibatida kelib chiqadigan hodisalar dilni xira qiladi.
Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilarining sa’y-harakatlari bilan yana bir noqonuniy pirotexnika vositalarining aylanmasiga chek qo‘yildi.
Shuningdek, joriy yilning 13 dekabr kuni Farg‘ona tumani chegara patrul-post yaqinida DXX CHQ harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant I.Ro‘ziyev va uning “Bella” laqabli xizmat iti yordamida pirotexnika vositalari aniqlandi. Farg‘ona tumani “Bo‘ston” MFYda joylashgan 18-sonli maktab tor ko‘chasida, kimga tegishliligi noma’lum bo‘lgan, aylanma yo‘llar orqali olib o‘tilgan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan, taxminiy qiymati o‘n million besh yuz ming so‘mlik 3 dona qog‘oz qutida “7 SHOT”, 1 dona qog‘oz qutida “Britanik” va 1 dona qog‘oz qutida “Zolotoy pesok” nomli pirotexnika vositalari aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boshqarmasi xizmatchilari tomonidan ham yana bir pirotexnika vositalaridan foydalanish holatiga chek qo‘yildi.
Viloyat hududi bo‘ylab jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar o‘z natijasini bermoqda.
Pirotexnika vositalariga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida bir qancha pirotexnika vositalaridan foydalanishning oldi olindi.
N.Rahmonova, O‘zA muxbiri