Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalarining foydadan zarari ko‘p
11:38 / 2025-12-17

Yangi yil bayrami arafasida paqildoqlar, raketalar, bengal mayoqchalari va boshqa turli pirotexnika mahsulotlari savdosi avjiga chiqadi. Ularga bayram kayfiyati va quvonchini ulashuvchi vosita sifatida qaraladi. Aslida ham shundaymi?

Ammo, ular noto‘g‘ri ishlatilganda insonda jiddiy kuyish va jarohatlanish holatlari uchrashi ko‘z yumib bo‘lmas haqiqatdir. Afsuski, tanganing ikkinchi tomoni bo‘lgan olibsotar va qonunbuzarlar esa daromad olish ilinjida turli yo‘llar qidirishda davom etmoqda. 

Ayni kunlarda Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim bo‘linmalari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi qaratilgan profilaktik tadbirlar izchil olib borilmoqda. 

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor tadbirlari doirasida Yangiyo‘l tumanida qo‘lbola usulda tayyorlangan pirotexnika vositalari bilan bog‘liq holat aniqlandi. Mazkur hududning Paxta mahallasida yashovchi 2010 yili tug‘ilgan fuqaro(U.A.)ning yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan, turli hajm va ko‘rinishdagi 110 dona pirotexnika vositasi mavjudligi aniqlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur vositalar mustaqil ravishda tayyorlangan bo‘lib, sotishga chiqarish maqsad qilingan. Shuningdek, Toshkent tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Gentra” rusumli avtomashina haydovchisining transport vositasining yukxonasida qattiq ovoz chiqaruvchi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. 

Har ikki holat yuzasidan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilib, pirotexnika vositalari musodara qilindi. 

A.Musayev, O‘zA.