Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika vositalari ushlab qolindi
11:38 / 2023-12-09

Shu kunlarda tezkor-profilaktik tadbirlarning dolzarb qirq kunligi doirasida Toshkent viloyati IIBB va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida pirotexnika vositalari muomalaga kiritilishining oldini olish bo‘yicha nazorat-reyd tadbirlari kuchaytirilgan.

Ohangaron tumanida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan "Isuzu" yuk mashinasi hududiy IIB, DXX va Bojxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tekshirildi.

Natijada daraxt ko‘chatlari ostiga berkitilgan, karton qutilarga joylashtirilgan qiymati 144 million so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalari borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

Umuman, mazkur yo‘nalishda o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida turli hajm va ko‘rinishdagi umumiy qiymati 356,4 million so‘m bo‘lgan 805 ming dona pirotexnika vositalari aniqlangan va qonuniy tartibda muomaladan olingan.

Hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash maqsadiga qaratilgan mazkur yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.

A. Musayev, O‘zA muxbiri