Pirotexnika vositalari sotilishining oldi olindi
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, tuman, shahar ichki ishlar bo‘limlari xodimlari tomonidan yangi yil bayramini tinch va osoyishta o‘tishini ta’minlash, jamoat xavfsizligini saqlash maqsadida turli noqonuniy faoliyatlar bilan shug‘ullanish, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Viloyat ichki ishlar Matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyati IIB TQKB, Andijon shahar soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir davomida Andijon shahrida yashovchi, fuqaro A.S. o‘zining yashash xonadonida pirotexnika vositalari savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir doirasida umumiy qiymati 24 million so‘mga teng pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, holat yuzasidan xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ayni kunda ushbu holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
F. UBAYDULLAEV, O‘zA